SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOM

Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi ushbu Nizomda Fasten mobil ilovasi va https://fasten.com saytidan (keyingi oʻrinlarda ikkovi uchun “ilova” atamasi qoʻllaniladi) foydalanganingizda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi belgilangan. Fasten mobil ilovasi yoʻlovchi va bagaj tashish, shuningdek, hamkorlarimizdan yuk tashish xizmatlarini buyurtma qilish imkonini beradi. Mobil ilovadan foydalanish orqali siz bevosita hamkorlar bilan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tegishli shartnoma tuzasiz va (yoki) xizmat koʻrsatish jarayonini kuzatish imkoniga ega boʻlasiz.

1. SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZNI KIM QAYTA ISHLAYDI?

1.1. Shaxsiy ma’lumotlaringiz "YGO UB" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qayta ishlanadi ( Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 2-uy), u shaxsiy ma’lumotlar bazasining operatori hisoblanadi.

1.2. Ilovamizda autentifikatsiya vositasidan foydalaniladi: siz ko‘rsatgan mobil telefon raqamiga SMS yuborish.

1.3. Maʼlumotlarni qayta ishlashda quyidagi tamoyillarga amal qilamiz:

  • inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya qilish;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
  • shaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
  • shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyalanganligi;
  • subyektlarning teng huquqligi;
  • shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi;
  • shaxsga doir ma’lumotlarning qayta ishlanishini aniq, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklash;
  • shaxsga doir ma’lumotlarning ularni toʻplash maqsadlariga mos kelmaydigan tarzda qayta ishlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarda qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalarining birlashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • qayta ishlanadigan shaxsga doir ma’lumotlar mazmuni va hajmining bayon qilingan qayta ishlash maqsadlariga muvofiqligi;
  • qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlarning bayon etilgan qayta ishlash maqsadlariga nisbatan ortiqcha boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning shaffofligi: shaxsga doir ma’lumotlar subyektiga uning shaxsga doir ma’lumotlarining qayta ishlanishiga taalluqli tegishli axborot taqdim etilishi mumkin;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar subyektini aniqlashga imkon beradigan shaklda, shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning bayon etilgan maqsadlari talab qilganidan ortiq boʻlmagan muddat saqlash.

1.4. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashda biz:

  • O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019-yildagi “Shaxsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-son Qonuni, ichki hujjatlar va shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi mahalliy normativ hujjatlar talablari bajarilishini ta’minlash uchun zaruriy va yetarli choralarni koʻramiz;
  • shaxsiy ma’lumotlarni ulardan noqonuniy yoki tasodifiy foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxalash, taqdim etish, tarqatish, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻramiz;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bilan bogʻliq ishlarga mas’ul shaxsni tayinlaymiz;
  • shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazamiz;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash borasidagi siyosatni belgilovchi ichki hujjatlarni, shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash masalalariga oid mahalliy hujjatlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilishlarining oldini olish va ularni aniqlashga, bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillarni belgilovchi mahalliy hujjatlarni chiqaramiz;
  • xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, ichki hujjatlar va shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi mahalliy meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish talablari bilan tanishtiramiz va mazkur xodimlarni oʻqitamiz;
  • xodimlar uchun shaxsga doir ma’lumotlar masalalari boʻyicha muntazam ravishda majburiy treninglar oʻtkazamiz;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va unga muvofiq qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga doir boshqa talablarga, ichki hujjatlarga va mahalliy normativ hujjatlarga muvofiqligini ichki nazorat va (yoki) auditdan oʻtkazamiz;
  • ushbu nizomni eʼlon qilamiz yoki undan boshqa tarzda cheklanmagan holda foydalanishni ta’minlaymiz;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni toʻxtatamiz va ularni yoʻq qilamiz;
  • shaxsga doir ma’lumotlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshiramiz.

2. QAYSI SHAXSIY MAʼLUMOTLAR QAYTA ISHLANADI, QANDAY VA NIMA UCHUN?

2.1. Siz qabul qilgan foydalanuvchi bilan kelishuv (shartnoma) asosida biz qayta ishlaydigan ma’lumotlar toifalari, ularning manbai va qayta ishlash maqsadlari:

Manba

Maʼlumotlar

Maqsadlar

Harakatlar roʻyxati

Muddat

Bizga quyidagilarni bevosita taqdim etasiz:

Ism

Telefon raqami

Sizni foydalanuvchimiz sifatida identifikatsiyadan oʻtkazish va buyurtmangiz yuzasidan muloqot qilish

Yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish

Ma'lumotlar ilovadan foydalanish mobaynida, keyin esa da'vo muddati mobaynida qayta ishlanadi.

Manzillar

Sizga shahringizda buyurtma qilish mumkin boʻlgan xizmatlarni ko'rsatish, shuningdek, buyurtmangizni qayta ishlash va bajarish uchun

Buyurtmalarga izohlaringiz

Istaklaringizga mos ravishda buyurtmangizni qayta ishlash va bajarish uchun

Bank maʼlumotlari

Buyurtma haqini toʻlash uchun

Email manzili

Buyurtmalaringiz haqidagi maʼlumotlarni (elektron kvitansiyalar) va agar ruxsat bergan boʻlsangiz, marketing xabarlarini yuborish uchun

Toʻldiriladigan shakllar

Sizga teskari aloqa va maxsus takliflarni taqdim etish, yordam xizmatiga yuborgan murojaatlaringizni qayta ishlash, marketing konkurslarida yoki istalgan boshqa tadbirlardagi ishtirokingizni taʼminlash uchun

Qurilmangiz va ilovamiz orqali yuboriladi

IP-manzil; qurilma identifikatori, turi va modeli; mobil operatsion tizim; brauzer yoki mobil ilova haqidagi maʼlumotlar

Hisobingizga va IT tizimlarimizga kirish xavfsizligini taʼminlash uchun

Ma'lumotlar ilovadan foydalanish davomida qayta ishlanadi

Ilova bilan oʻzaro aloqa vaqtida yaratiladi

Buyurtmani bajarishga ketgan vaqt; eng koʻp buyurtma qilinadigan xizmatlar; ilovamiz bilan oʻzaro aloqadagi ekranlar soni; buyurtmaning oʻrtacha narxi

Ilova va foydalanish tajribasini yaxshilash, mos funksiyalarni taqdim etish, ilova interfeysini oʻzgartirish, mijozlar bazasini kengaytirish, marketing va iqtisodiy strategiyamizni takomillashtirish, shuningdek, ruxsatsiz amalga oshiriladigan buyurtmalarning oldini olish uchun

Siz ilovada ishlatadigan autentifikatsiya vositasi orqali uzatiladi

Buyurtmalarda qidirgan yoki koʻrsatgan manzillaringiz

Ilova va foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqani yaxshilash, shuningdek, buyurtmalar yoki yetkazish manzillarini taklif qilish uchun

Marketing agentliklarimiz tomonidan uzatiladi

Ilovalarni yuklab olish yoki foydalanish uchun manba identifikatori yoki reklama havolasi

Reklama kampaniyasining qanchalik muvaffaqiyatli ekanini tushunish uchun

Siz ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam xizmatiga taqdim etasiz

Siz tarafdan ixtiyoriy kiritiladi; istagimizga koʻra soʻrashimiz mumkin

Ilovalarimiz bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun

Ilova orqali yordam xizmati bilan muloqot qilganingizda yaratiladi

Suhbatlarni yozib olish

Nizolar va sud daʼvolarini hal qilish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun

3 oy

Ilova orqali haydovchilar, yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilganingizda yaratiladi

Suhbatlarni yozib olish

Nizolar va sud daʼvolarini hal qilish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun

30 kalendar kuni

2.2. Bizga bevosita taqdim etadigan maʼlumotlaringiz ilovaning toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Bu maʼlumotlarsiz buyurtma berish, toʻlov qilish yoki boshqa funksiyalardan foydalanish imkonsiz.

2.3. Kompaniyalarimiz guruhi aʼzolari tomonidan taqdim etilgan ilovada foydalanadigan autentifikatsiya vositasi orqali yoki bizning marketing agentliklarimizdan olingan ilova bilan oʻzaro aloqangiz natijasida olingan maʼlumotlar huquqlaringizga rioya qilishda qonuniy manfaatlarni taʼminlash uchun ishlatiladi.

2.4. Marketing tanlovlari yoki istalgan boshqa tadbirlardagi ishtirokingizni taʼminlash uchun maʼlumotlardan foydalanishga sizning roziligingizni soʻrashimiz mumkin.

Har qanday holatda ham siz maʼlumotlarning qayta ishlanishi va qayta ishlash maqsadi haqida xabardor qilinasiz. Biz bilan aloqaga chiqib, istalgan vaqtda oʻz roziligingizni qaytib olishingiz mumkin. Bunday rozilikni qaytarib olish foydalanuvchi bilan kelishuv (shartnoma) shartlariga muvofiq ilovadan odatiy foydalanishingizga ta’sir qilmaydi.

Siz bunday rozilik bermaslikka haqlisiz va bu sizning ilovalarimizdan foydalanish imkoniyatingizga taʼsir qilmaydi.

2.5. Biz firibgarlikka qarshi himoya tizimlarimizda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlashdan foydalanamiz, ular ilovadagi faolligingizni avtomatik tarzda aniqlaydi va maʼlum funksiyalarni yoki buyurtma berish imkoniyatlarini bloklaydi. Bu siz va biz va (yoki) hamkorlar oʻrtasidagi kelishuvni amalga oshirishda sizning hisobingiz va bizning moliyaviy manfaatlarimizni, shuningdek, bizning hamkorlarimiz va uchinchi tomonlar moliyaviy manfaatlarining himoyasi uchun qilinadi.

Agar tizimlarimiz xatolikka yoʻl qoʻygan deb hisoblasangiz, biz bilan bogʻlaning.

2.6. Maʼlumotlaringizni ularni qayta ishlash maqsadlariga erishilmagunicha qayta ishlashda davom etamiz. Biz maʼlumotlaringizni qayta ishlashni bunday amaliyot qonunchilikka asosan talab qilinsa yoki bizning huquqlarimiz va manfaatlarimiz, shuningdek, uchinchi shaxslar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishi uchun zarur boʻlsa davom ettiramiz.

Masalan, buyurtmaga oid maʼlumotlar zaruriy daʼvo muddati oʻtguniga qadar saqlanadi.

2.7. Yordam xizmatimiz, shuningdek, haydovchilar, kuryerlar yoki yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan telefon suhbatlari, agar ular ilovada yoki ilovada koʻrsatilgan kontakt maʼlumotlari orqali olib borilgan boʻlsa, yozib olinadi.

Yozuvlar nizolar va sud daʼvolari kontekstida, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmat sifatini nazorat qilish va yaxshilash uchun qoʻllanishi mumkin. Yozuvlarni faqat vakolatli xodimlarimiz ochishi mumkin.

3. SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZ UZATILADIMI?

3.1. Shaxsiy maʼlumotlaringiz faqat quyidagi tomonlarga uzatiladi:

(a) Ilovada xizmatlarni taqdim etishga bevosita hissa qoʻshadiganlar:

Buyurtmangizni olish va qayta ishlashda ishtirok etuvchi, shuningdek, xuddi shu maqsadlarda dasturiy yechimlarni taqdim etuvchi hamkorlarimiz; autentifikatsiya vositalarini taqdim etuvchi affillangan shaxslar va maʼlumotlarni qayta ishlovchi markazlar; va mijozlarni qoʻllab-quvvatlashda bizga yordam beruvchi kompaniyalar.

Soʻrovingiz (buyurtmangiz) asosida bevosita xizmat koʻrsatuvchi hamkorlarimiz maʼlumotlaringizni xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan kelishuvlar asosida qayta ishlaydi.

(b) Quyidagilar qonunchilikka asosan maʼlumotlaringizni olish huquqiga ega:

Masalan, agar huquqni muhofaza qilish organlari bunga haqli boʻlsa. Bunday shaxslar qayta ishlash uchun oʻz maqsadlari va huquqiy asoslariga ega (masalan, bank ekvayerlar toʻlovlarni bank qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qiladi).

(c) Quyidagilar ilovamizni yaxshilashga yordam berishadi:

Reklama yoki qurilma identifikatorlari bizga reklama yoki tahliliy xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalarga uzatilishi mumkin. Xizmatlarimizdan foydalanish vaqtida yuzaga keladigan texnik xatolarga oid axborot ilovalarimizni ishlab chiqishda ishtirok etadigan affillangan shaxslarga uzatiladi.

3.2. Maʼlumotlaringiz taqdim etiladigan shaxslar Rossiya Federatsiyasida boʻlishi mumkin.

Transchegaraviy maʼlumotlarni uzatish davomida va undan keyin huquqlaringizga rioya qilinishi va shaxsiy maʼlumotlaringiz himoyasini taʼminlash uchun zaruriy amaliyotlarni bajaramiz. Bunday tartib-qoidalar (1) tegishli organlar tomonidan tuzilgan maʼlumotlarni uzatish boʻyicha standart shartnoma bandlariga asoslangan maʼlumotlarni himoya qilishga oid shartnomalar doirasidagi majburiyatlarni va (yoki) (2) maʼlumotlaringiz uzatilayotgan mamlakatning mahalliy qonunchiligini baholashimizga asoslangan qoʻshimcha shartnoma majburiyatlarini oʻz ichiga olishi mumkin.

3.3. Maʼlumotlaringizni qayta ishlashga beradigan boʻlsak, unda quyidagi maʼlumotlar har bir oluvchi shaxsga yetkaziladi:

  • shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari;
  • shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishda amalga oshiriladigan amallar roʻyxati;
  • qayta ishlashda shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini saqlash va xavfsizligini taʼminlashda majburiyatlar, shuningdek, qayta ishlanadigan maʼlumotlarning himoyasini taʼminlash boʻyicha qayta ishlovchi tomonidan qoʻllanadigan choralar roʻyxati.

4. HUQUQLARINGIZ

4.1. Shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qilish va rozilikni qaytarib olish huquqi

Autentifikatsiya vositasi va hisobingizning foydalanuvchi nomi (login) va parolini kiritgandan keyin ilovaga kirib, ilovadan shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib tashlashingiz yoki hisobni butunlay oʻchirib tashlashingiz mumkin.

Biz muayyan maʼlumotlarni, jumladan, qonunchilikka asosan yoki manfaatlarimizning himoyasi, xususan, sud ishlari uchun saqlanishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni siz ularni ilovadan olib tashlaganingizdan soʻng qoldirishimiz zarur. Har qanday holatda ham maʼlumotlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatlar doirasida qayta ishlanadi.

Siz istalgan vaqtda barcha roziliklaringizni hech qanday sababni keltirmay qaytarib olishingiz mumkin.

4.2. Maʼlumotlarga kirish, maʼlumotlarni oʻzgartirish va shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga oid maʼlumotlar olish va shaxsiy maʼlumotlarni oʻzgartirish

Siz doim oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizga kira olasiz. Autentifikatsiya vositasi yordamida ilovaga kirganingizdan keyin sizda buyurtmalaringiz tarixi, hisob va bank maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyati mavjud boʻladi.

Autentifikatsiya vositasi yordamida ilovaga kirganingizdan keyin ilovada shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻgʻrilashingiz mumkin. Agar ilovada maʼlumotlarni toʻgʻrilab boʻlmasa, yordam xizmatiga murojaat qiling.

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga oid maʼlumotlarni olish huquqiga egasiz:

  • shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishi faktini tasdiqlash;
  • shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash asoslari va maqsadlari;
  • qoʻllanadigan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash usullari
  • egasi va (yoki) operator nomi va ularning (u) joylashish joyi (pochta manzili), shaxsiy maʼlumotlardan foydalanishi mumkin boʻlgan shaxslar yoki shaxsiy maʼlumotlar egasi va (yoki) operator orasida tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida oshkor qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar haqida maʼlumot;
  • tegishli shaxsga tegishli qayta ishlanadigan shaxsiy maʼlumotlar tarkibi, ularni olish manbasi, boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Qonunda belgilab berilgan;
  • shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash muddatlari, shu jumladan, ularni saqlash muddatlari;
  • 02.07.2019 sanasidagi OʻRQ-547 sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunda huquq egasi amalga oshirish tartibi;
  • shaxsiy maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishni amalga oshirish yoki kutilayotgan uzatish haqida maʼlumot.

4.3. Shaxsiy maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi haqida maʼlumotlar olish huquqi

Siz shaxsiy maʼlumotlaringiz uchinchi shaxslarga taqdim etilishi haqida maʼlumot olish huquqiga egasiz. Shaxsiy maʼlumotlar bazasi operatori qanday shaxsiy maʼlumotlar va ular kimga taqdim etilgani haqida maʼlumot taqdim etadi.

4.4. Maʼlumotlarni qayta ishlashni cheklash va shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni toʻxtatishni talab qilish va/yoki ularni oʻchirish huquqi

Agar shaxsiy maʼlumotlaringiz toʻliq emas, eski, noaniq, noqonuniy olingan yoki qayta ishlash maqsadi uchun zarur hisoblanmasa, egasi va (yoki) operatordan shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashni vaqtinchalik toʻxtatib turishni soʻrash huquqiga egasiz.

Masalan, agar shaxsiy maʼlumotlaringizni tuzatmoqchi boʻlsangiz, ushbu maʼlumotlar tuzatilguniga qadar maʼlumotlaringizning qayta ishlanishi cheklash uchun yordam xizmatiga soʻrov yuborishingiz mumkin. Iltimos, jarayonni boshlash uchun yordam xizmatimiz bilan bogʻlaning.

4.5. Vakolatli davlat organi yoki sudda shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan huquqlaringiz va qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish maqsadida murojaat qilish huquqi

Biz shikoyat va takliflaringizni koʻrib chiqishga doim tayyormiz. Ularni yordam xizmati yoki dpo_uz@fasten.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Zarur boʻlsa, murojaatingizni shaxsiy maʼlumotlar boʻyicha vakolatli davlat organi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat personallashtirish markaziga yuborishingiz mumkin.

4.6. Yuqorida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanish uchun ilovadagi yordam xizmatiga murojaat qilish yetarli. Shuningdek, biz ham murojaat yuborishimiz mumkin:

  • shaxsiy imzo bilan yozma shaklda – Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 2-uy

yoki

Shaxsiy maʼlumotlar bazasi operatori shaxsiy maʼlumot subyekti oʻz huquqlaridan foydalanib undan maʼlumot olgani evaziga toʻlov olmaydi.

Yordam xizmati orqali murojaatingiz sizni oʻz huquqlaridan foydalanish uchun murojaat qilayotgan shaxs sifatida qoʻshimcha tanib olishimizga, shuningdek, subyektlar soʻroviga asosan shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etishni yanada izchil nazorat qilishni tashkillashtirishimizga yordam beradi.

5. BIZ BILAN QANDAY BOGʻLANISH MUMKIN?

5.1. dpo_uz@fasten.com elektron pochtasi yordamida shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash va himoyalash boʻyicha masʼul xodim bilan bogʻlanish mumkin.

5.2. Tizimga kirgandan keyin mobil ilova va saytda yordam xizmatimiz bilan bogʻlanish mumkin. Tizimga kirishingiz sizni identifikatsiya qilishimizga imkon beradi.

6. BU HUJJATGA QAY TARZDA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILADI?

6.1. Agar ushbu ilovaga sizning huquqlaringizga jiddiy taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar kiritiladigan boʻlsa, biz sizni har qanday mavjud vositalar (ilovadagi push-bildirishnomalar, SMS yoki email, shuningdek, boshqa usullar) orqali xabardor qilishimiz mumkin. Masalan, maʼlumotlarni qayta ishlash uchun yangi turkumlarni qoʻshish yoki qayta ishlashning yangi maqsadlari qoʻshiladigan boʻlsa. Bu kabi har qanday oʻzgartirishlar kuchga kirishidan avval sizga bildirishnoma yuboriladi.

Hujjatning nashr qilish sanasi" 2025-yil “21”-iyul.

Oldingi versiyasi: https://fasten.com/ru_uz/legal/pp_uz/16082024/