---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - en/
  - kk/
  - ru/
  - uz/
  - href: uz/index.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://fasten.com/ru_uz/legal/pp_uz/uz/llms.txt

# FASTEN XIZMATIDA shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma

Fasten — mobil va veb-ilova (bundan buyon — «ilova» yoki «ilovalar») boʻlib, u foydalanuvchiga Fasten mobil ilovasi va veb-sayt yordamida yoʻlovchilar va bagajni tashish xizmatlariga yoki avtomobil transportida yuk tashish xizmatlariga boʻlgan ehtimoliy talabi toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtirish, shuningdek koʻrsatilgan sohada xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning takliflari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan tanishish va bunday takliflarni foydalanuvchi belgilagan parametrlar boʻyicha qidirish imkonini beruvchi xizmatga kirishni taqdim etadi (bundan buyon — «Xizmat»).

## 1. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma nima?

Siz bizga oʻz shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishonib topshirasiz, biz esa bu masʼuliyatga jiddiy yondashamiz. Biz Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni himoya qilish va Siz haqingizdagi axborotni qanday qayta ishlashimiz borasida ochiq boʻlish majburiyatini olamiz.

Mazkur Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi bildirishnoma biz qanday shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishimizni, ularni qanday va nima uchun ishlatishimiz va uzatishimizni, shuningdek Sizda shaxsga doir maʼlumotlar subyekti sifatida qanday huquqlar borligini tushuntiradi.

## 2. Shaxsga doir maʼlumotlarni kim qayta ishlaydi?

2.1. Siz joylashgan hududga qarab, Xizmat turli yuridik shaxslar (bundan buyon — «Fasten») tomonidan taqdim etiladi; ular shaxsga doir maʼlumotlar operatorlari sifatida ish koʻradi va shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari hamda vositalarini belgilaydi.

#|
|| **Mamlakat** | **Nomi**  | **Manzili** ||
|| Qozogʻiston | «Y. Taxi Qazaqstan» MChJ | BIN 160540014930, Olmaota shahri, Medeu tumani, Nursulton Nazarboyev shoh koʻchasi, 100/4-uy, 105-ofis ||
|| Oʻzbekiston  | «YGO UB» MChJ | Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Lolazor MFY, Fidokor koʻchasi, 30-uy ||
|#

2.2. Bizning ilovalarimiz avtorizatsiyaning yagona vositasi sifatida Yandex ID dan foydalanadi. Ushbu vosita Yandex ID dan foydalanish shartlarida belgilanganidek, Sizning mobil aloqa operatoringiz mamlakatiga qarab turli kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi (quyidagi manzilda mavjud: <https://yandex.com/legal/id_termsofuse/en/>). Ushbu kompaniyalar Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashini bilish uchun Yandex ID ning Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi bildirishnomalari bilan tanishing (quyidagi manzilda mavjud: <https://yandex.com/legal/id_privacy_policy/en/>).

## 3. Sizning qanday shaxsga doir maʼlumotlaringiz, qanday va nima uchun qayta ishlanadi?

3.1. Shaxsga doir maʼlumotlar toifalari, qayta ishlash maqsadlari va qayta ishlashning huquqiy asoslari quyidagi jadvalda keltirilgan.

#|
|| **Shaxsga doir maʼlumotlar toifalari** | **Maqsadlari** | **Huquqiy asoslari** ||

|| Ism yoki taxallus

Bogʻlanish uchun telefon raqami
|
Oʻz hisob yozuvingizni roʻyxatdan oʻtkazish uchun

Sizni foydalanuvchi sifatida aniqlash va avtorizatsiya qilish uchun

Buyurtmangiz yuzasidan Siz bilan bogʻlanish uchun

Toʻlovlaringizni qayta ishlash uchun
| Shartnoma ||

|| Manzilgoh yoki yetkazib berish manzillari
|
Sizning hududingizda buyurtma berish, sotib olish va yetkazib berish uchun mavjud xizmatlar yoki tovarlarni Sizga koʻrsatish uchun

Buyurtmangizni rasmiylashtirish, qayta ishlash va bajarish uchun

Manzillarni tez tanlashingizga yordam berish uchun
| Shartnoma ||

|| Sizning afzalliklaringiz | Buyurtmangizni afzalliklaringizga muvofiq qayta ishlash va bajarish uchun | Shartnoma ||

|| Kredit yoki debet kartasi maʼlumotlari

Elektron hamyon rekvizitlari

Mobil pul hisobvarigʻi rekvizitlari

Toʻlov usuli
| Toʻlovlaringizni qayta ishlash uchun | Shartnoma ||

|| Sizning tasviringiz | Haydovchiga Sizning shaxsingizni tasdiqlash | Rozilik ||

|| Ovoz yozuvi | Hodisa yuz berganda Sizning va haydovchining xavfsizligini taʼminlash uchun | Xavfsizlikni taʼminlashdagi qonuniy manfaat ||

|| ^ | Hodisani tergov qilishga koʻmaklashish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud muhokamasi uchun dalillar taqdim etish maqsadida | Ijtimoiy manfaat ||

|| ^ | Sizga mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatini koʻrsatish uchun | Shartnoma ||

|| ^ |
Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz sifatini nazorat qilish uchun

Haydovchilar koʻrsatayotgan xizmat sifatini nazorat qilish uchun
| Xizmatlarimiz sifatini nazorat qilishdagi qonuniy manfaat ||

|| Elektron pochta manzili |
Sizga xizmatga oid axborot yuborish uchun

Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yoʻllagan soʻrovingizni qabul qilish va koʻrib chiqish uchun
| Shartnoma ||

|| ^ |

Sizni oʻz mahsulotlarimiz va takliflarimiz, shuningdek hamkorlarimizning mahsulotlari va takliflari toʻgʻrisida xabardor qilish uchun

Sizni tanlov, marketing yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilish uchun
| Rozilik ||

|| Foydalanuvchilarning kontaktlari |
Boshqa shaxs uchun muntazam boʻlmagan tashish xizmatiga buyurtma berish uchun

Oʻz marshrutingizni ishonchli shaxs bilan boʻlishish uchun
| Rozilik ||

|| Shakllarda yigʻilgan maʼlumotlar: ism, telefon raqami, elektron pochta manzili, foydalanuvchi fikri, xabar, reyting yoki sharhlar
|

Teskari aloqa olish uchun

Xizmatlarimizni yaxshilash uchun
| Sharhlar olish va shu sharhlar asosida xizmatimizni yaxshilashdagi qonuniy manfaat ||

|| IP manzil

Qurilma ID si

Qurilmaning turi va modeli

Mobil operatsion tizim

Brauzer yoki mobil ilova haqidagi maʼlumotlar
| Hisob yozuvingizga va IT-tizimlarimizga xavfsiz kirishni taʼminlash uchun | Tizimlarimiz va foydalanuvchilarimiz maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlashdagi qonuniy manfaat ||

|| ^ | Firibgarlik harakatlarining oldini olish uchun | Firibgarlik harakatlarining oldini olishdagi qonuniy manfaat ||

|| Geolokatsiya maʼlumotlari |

Haydovchilarning mavjudligini tekshirish uchun

Sizga haydovchi tayinlash uchun

Oʻz joylashuvingizni haydovchiga yuborish uchun
| Shartnoma ||

|| ^ | Joylashuvingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish uchun | Rozilik ||

|| Reklama identifikatori | Maqsadli reklamani sozlash | Rozilik ||

|| Yandeks foydalanuvchisining identifikatori

Buyurtmalar chastotasi

Buyurtmani bajarishga sarflangan vaqt

Eng koʻp buyurtma qilinadigan xizmatlar yoki tovarlar

Ilovalar bilan ishlashda koʻriladigan ekranlar

Buyurtmaning oʻrtacha qiymati

Qurilmaning zaryad darajasi
|

Ilovalarimiz va foydalanuvchi xizmatini yaxshilash uchun

Tegishli funksiyalarni taqdim etish

Ilovalarimizning foydalanuvchi interfeysini oʻzgartirish uchun
| Ilovalarimiz, foydalanuvchi tajribasi va xizmatlarimizni yaxshilashdagi qonuniy manfaat ||

|| ^ |
Marketing maqsadlarida foydalanuvchilar faolligini tahlil qilish uchun

Marketing va biznes-strategiyamizni yaxshilash uchun
| Marketing tadqiqotlarini oʻtkazishdagi qonuniy manfaat ||

|| ^ | Sizni tanlov, marketing yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilish uchun | Rozilik ||

|| Buyurtmalaringiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: buyurtma sanasi va vaqti, olib ketish nuqtasi, manzilgoh, marshrut, narx, toʻlov rekvizitlari va bogʻlanish maʼlumotlari
|
Sizga buyurtmalaringiz tarixini taqdim etish uchun

Qayta buyurtma berish funksiyasini yoqish uchun
| Shartnoma ||

|| ^ | Firibgarlik harakatlarining oldini olish uchun | Firibgarlik harakatlarining oldini olishdagi qonuniy manfaat ||

|| Buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va safarlar tarixi

Bogʻlanish uchun axborot

Ijtimoiy tarmoqlardagi hisob yozuvi

Siz taqdim etadigan yoki mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati soʻraydigan izohlar, ilovalar va boshqa maʼlumotlar
| Sizga mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatini koʻrsatish uchun | Shartnoma ||

|| Suhbatlar yozuvi

Ilovalardagi yoki boshqa usullardagi kommunikatsiyalaringiz

Siz taqdim etgan boshqa maʼlumotlar
|
Qonuniy huquqlarimizni va uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish uchun

Nizolar va sud daʼvolarini hal etish uchun

Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun
| Huquqlarimizni himoya qilish, nizolarni hal etish va xizmatlarimiz sifatini nazorat qilishdagi qonuniy manfaat ||
|#


3.2. Koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlar hisob yozuvini roʻyxatdan oʻtkazish uchun **majburiy** hisoblanadi: ism yoki taxallus, shuningdek telefon raqami.

Koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlar Sizning hisob yozuvingizdan foydalanish uchun **majburiy** hisoblanadi: manzilgoh yoki yetkazib berish manzillari. Agar Siz ushbu maʼlumotni taqdim etmaslikka qaror qilsangiz, buyurtma bera olmaysiz.

3.3. Siz oʻz shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlashga **rozilik** berishdan bosh tortishingiz mumkin va bu Sizning ilovadan foydalanish imkoniyatingizga taʼsir qilmaydi. Siz istalgan vaqtda biz bilan bogʻlanib yoki ilovangizda mavjud boʻlsa, avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanib, roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin.

3.4. Avtomobildagi **audio- va videoyozuv** favqulodda holatlar uchun moʻljallangan funksiya hisoblanadi. U faqat tahdid, nizo yoki xavf tugʻilgan istisno hollarda, haydovchi Yandeksning Foydalanish shartlariga muvofiq nizo tugmasini faollashtirganda qoʻllaniladi. Nizolarni hal etish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yozuv boshlanishidan oldin foydalanuvchi ham, haydovchi ham xabardor qilinadi.

## 4. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringiz qanday himoyalangan?

4.1. Biz Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni ruxsatsiz, tasodifiy yoki noqonuniy yoʻq qilish, yoʻqotish, oʻzgartirish, gʻayriqonuniy foydalanish, oshkor etish yoki ularga kirishdan, shuningdek har qanday boshqa noqonuniy qayta ishlashdan himoya qilish uchun tegishli texnik va tashkiliy choralarni joriy etdik.

4.2. Ushbu xavfsizlik choralari texnikaning zamonaviy darajasi, joriy etish qiymati, qayta ishlash bilan bogʻliq xatarlar va tegishli shaxsga doir maʼlumotlarning tabiati hisobga olingan holda amalga oshirilgan.

4.3. Aksariyat hollarda shaxsga doir maʼlumotlar xodimlarimizning kirishisiz avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Biroq bunday kirish zarur boʻlganda, Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizga faqat vazifalari ushbu axborotdan foydalanishni talab qiladigan xodimlar kirishi mumkin. Ushbu xodimlar shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashning ichki qoidalari va bayonnomalariga rioya qilishi, shuningdek Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun texnik va tashkiliy xavfsizlik choralariga rioya etishi shart.

## 5. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni kim bilan boʻlishamiz?

5.1. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringiz ilovada xizmatlar koʻrsatishda bevosita ishtirok etuvchi tomonlarga uzatiladi (bajarilayotgan xizmatlarga qarab):

* Sizning buyurtmangizni qabul qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi hamda shu maqsadda dasturiy yechimlar taqdim etuvchi hamkorlarimiz;
* Elektron tranzaksiyalarni yengillashtiruvchi toʻlov xizmatlari provayderlari, elektron hamyon provayderlari va mobil pul xizmatlari provayderlari;
* Sugʻurta kompaniyalari;
* Foydalanuvchilarimiz uchun virtual bank kartalarini chiqaruvchi hamkorlarimiz;
* Autentifikatsiya vositalarini taqdim etuvchi hamkorlarimiz;
* Bizga serverlar, maʼlumotlar omborlari va boshqa infratuzilma obyektlarini taqdim etuvchi affillangan shaxslarimiz va uchinchi shaxslar; va
* Mijozlarni qoʻllab-quvvatlashda bizga yordam beruvchi affillangan shaxslarimiz va uchinchi shaxslar.

Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashda ishtirok etishi mumkin boʻlgan yuridik shaxslar quyidagi sahifada keltirilgan: <https://yandexgo.com/legal/list_of_le_data_processing>. Roʻyxatda keltirilgan barcha yuridik shaxslar ham Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlashda albatta ishtirok etavermaydi.

5.2. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringiz qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni olish huquqiga ega shaxslarga uzatiladi:

* Masalan, agar huquqni muhofaza qiluvchi organlar Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizga kirishga qonuniy huquqqa ega boʻlsa yoki moliyaviy tartibga soluvchilar shubhali harakatlar yoki tranzaksiyalarni tekshirishga tegishli huquqqa ega boʻlsa (qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq).

5.3. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringiz bizga ilovalarimizni yaxshilashda yordam beruvchi tomonlarga uzatiladi:

* Masalan, xizmatlarimizdan foydalanishda yuzaga kelgan texnik xatoliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilovalarimizni ishlab chiqishda ishtirok etuvchi hamkorlarimizga uzatiladi.

5.4. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringiz Sizni mahsulotlar, xizmatlar va takliflar toʻgʻrisida xabardor qilishda bizga yordam beruvchi tomonlarga uzatiladi:

* Masalan, reklama identifikatorlari yoki qurilma identifikatorlari bizga reklama yoki tahlil xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalarga uzatilishi mumkin.

## 6. Shaxsga doir maʼlumotlarni kimga uzatamiz?

Biz Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni uzatadigan tomonlar turli mamlakatlarda joylashgan boʻlishi mumkin.

Ushbu mamlakatlarning ayrimlari ilova joylashgan mamlakatdagi kabi maʼlumotlarni yoki maʼlumotlar subyektlari huquqlarini himoya qilishning bir xil qoniqarli darajasini taʼminlamasligi mumkin. Bunday hollarda biz uzatish vaqtida va undan keyin Sizning huquqlaringizga rioya etilishini va shaxsga doir maʼlumotlaringiz himoyalanishini taʼminlash uchun zarur tartib-taomillarga amal qilamiz.

Siz shaxsga doir maʼlumotlaringiz uzatilishi mumkin boʻlgan mamlakatlar va koʻrilgan xavfsizlik choralari toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlanishingiz mumkin.

## 7. Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringiz qancha muddat saqlanadi?

7.1. Biz Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlash maqsadiga erishilgunga qadar qayta ishlaymiz.

7.2. Haqiqiy saqlash muddati qayta ishlanayotgan shaxsga doir maʼlumotlarga va qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatga bogʻliq.

7.3. Agar bunday qayta ishlash qonun boʻyicha talab etilsa yoki bizning huquqlarimiz va manfaatlarimizni yoxud uchinchi shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun, xususan sud muhokamasi doirasida zarur boʻlsa, biz Siz ularni ilovalarimizdan oʻchirganingizdan keyin ham Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlashni davom ettirishimiz mumkin.

Maʼlumotlarni oʻchirish imkoniyati fikr bildirish va axborot erkinligiga oid qonunlar bilan ham cheklanishi mumkin.

## 8. Sizning huquqlaringiz qanday?

Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq Sizda bir qator huquqlar mavjud. Sizning huquqlaringiz biz Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlash maqsadiga va qoʻllaniladigan qonunchilikka bogʻliq.

Siz autentifikatsiya vositamiz yordamida ilovaga kirganingizdan soʻng oʻz shaxsga doir maʼlumotlaringizga har doim mustaqil ravishda kirishingiz, ularni tuzatishingiz yoki oʻchirishingiz mumkin.

Siz quyidagi huquqlardan ilovalarimiz orqali mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz bilan bogʻlanish yoʻli bilan foydalanishingiz mumkin.

**8.1. Kirish huquqi**

Sizda oʻz shaxsga doir maʼlumotlaringizga har doim kirish imkoniyati mavjud. Siz oʻz shaxsiy axborotingiz nusxasini soʻrashga haqlisiz.

**8.2. Tuzatish huquqi**

Siz notoʻgʻri, aniq boʻlmagan yoki eskirgan deb hisoblagan axborotni yangilash yoki tuzatishni bizdan soʻrashga haqlisiz. Shuningdek, Siz toʻliq emas deb hisoblagan har qanday axborotni toʻldirishni bizdan soʻrashga haqlisiz.

**8.3. Rozilikni qaytarib olish huquqi**

Agar Sizning shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlash Sizning roziligingizga asoslangan boʻlsa, Siz bunday qayta ishlashga bergan roziligingizni qaytarib olishga haqlisiz.

**8.4. Oʻchirish huquqi**

Siz muayyan holatlarda, masalan, maʼlumotlar bizning maqsadlarimiz uchun endi zarur boʻlmasa, biz Sizning maʼlumotlaringizni haqiqiy qonuniy asossiz yoki boshqacha tarzda noqonuniy qayta ishlasak, Siz roziligingizni qaytarib olsangiz (agar qayta ishlash Sizning roziligingizga asoslangan boʻlsa) yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa holatlarda shaxsga doir maʼlumotlaringizni oʻchirishni bizdan soʻrashga haqlisiz.

**8.5. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashni cheklash huquqi**

Siz muayyan holatlarda shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlashni cheklashga haqlisiz, masalan, agar Siz tuzatish huquqingizdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, maʼlumotlaringiz tuzatilgunga qadar ularni qayta ishlashni cheklashimizni talab qilishingiz mumkin.

**8.6. Eʼtiroz bildirish huquqi**

Agar qayta ishlash Sizning huquqlaringizni buzadi deb hisoblasangiz, Siz shaxsga doir maʼlumotlaringizni qayta ishlashga eʼtiroz bildirishga haqlisiz. Eʼtibor bering, eʼtiroz bildirish huquqi faqat biz Sizning maʼlumotlaringizni qonuniy yoki ijtimoiy manfaatlar asosida qayta ishlagan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

**8.7. Shikoyat berish huquqi**

Biz Sizning shikoyatlaringiz va takliflaringizni koʻrib chiqishga har doim tayyormiz. Ularni mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatimizga yuborishingizni soʻraymiz.

Agar Siz huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, nazorat organiga shikoyat berishga haqlisiz. Vakolatli nazorat organlari roʻyxati va ularning bogʻlanish maʼlumotlari quyidagi manzilda mavjud: <https://yandex.com/legal/yandexgo_list_of_sa/>.

## 9. Biz bilan qanday bogʻlanish mumkin?

9.1. Agar Sizga yordam kerak boʻlsa, tizimga kirganingizdan soʻng mobil ilova orqali qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan bogʻlanishingiz mumkin.

9.2. Bizning maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha xodimimiz (DPO) bilan quyidagi elektron pochta orqali bogʻlanish mumkin: [data_privacy@yandex-team.com](mailto:data_privacy@yandex-team.com).

9.3. Sizni tezda aniqlash va soʻrovingizni samarali koʻrib chiqish uchun xabaringizda ilovamizda roʻyxatdan oʻtishda foydalangan telefon raqamingizni koʻrsatishingizni soʻraymiz.

## 10. Ushbu hujjat qanday oʻzgartiriladi?

Mazkur Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash toʻgʻrisidagi bildirishnomaga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, biz Sizni xabardor qilish uchun mavjud boʻlgan har qanday vositalardan (ilovadagi push-bildirishnoma, SMS yoki elektron pochta) foydalanishimiz mumkin.


_Nashr qilingan sana: 20.08.2026_

Oldingi versiyasi: [https://fasten.com/ru_uz/legal/pp_uz/16082024/](https://fasten.com/ru_uz/legal/pp_uz/16082024/)

