УСЛОВИЯ И ПОЛОЖЕНИЯ

Выберите подходящий язык.

Select a relevant language.

SHARTLAR VA QOIDALAR

Hujjat chop etilgan sana: 2024 yil 14 avgust

Kuchga kirish sanasi: 2024 yil 14 avgust

1. Shartnoma munosabatlari

Ushbu Shartlar (“Shartlar”) O‘zbekiston Respublikasi hududida “YandexGo UB” mas‘uliyati cheklangan jamiyati (ro‘yxat raqami 1123972, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy) tomonidan taqdim etiladigan, siz, jismoniy shaxsning fasten tovar belgisi ostidagi Fasten mobil ilovasi, fasten.com veb-sayti (keyingi o‘rinlarda matn bo‘yicha “Fasten”, “Fasten kompaniyasi” yoki “YandexGo UB MChJ”), uning mazmuni, mahsulotlari va xizmatlaridan (“Xizmatlar” yoki “Servis”) foydalanish yoki ularga kirishingizni belgilaydi.

Xizmatlarga kirishga ruxsat olish yoki foydalanishdan oldin ushbu Shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz.

Sizning Xizmatlarga kirishingiz va ulardan foydalanishingiz siz va Fasten o‘rtasidagi shartnoma munosabatlarini o‘rnatadigan ushbu Shartlarga roziligingizni bildiradi. Agar siz ushbu Shartlarga rozi bo‘lmasangiz, Xizmatlarga kirishga ruxsat ola olmaysiz yoki undan foydalana olmaysiz. Fasten ushbu Shartlarni yoki har qanday Xizmatlarni bekor qilishi, sizga yoki umuman xizmatlarni taklif qilishni to‘xtatishi mumkin.

Fasten taqdim etiladigan Xizmatlar bilan bog‘liq Shartlarni vaqti-vaqti bilan Foydalanuvchiga xabar bermasdan o‘zgartirishi mumkin. O‘zgartirishlar kiritilgan tuzatishlar bilan yangilangan Shartlar yoki tegishli Xizmatlarni taqdim etishning qo‘shimcha shartlari chop etilgandan keyin kuchga kiradi. Bunday chop etishdan keyin Xizmatlarga kirish yoki undan foydalanishda davom etishingiz o‘zgartirilgan Shartlar bilan tanishib chiqqaningiz va qabul qilganingizni tasdiqlaydi.

Shubhalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun:

  • “YandexGo UB” MChJ yo‘lovchilar va bagaj yoki yuklarni tashimaydi, transport kompaniyasi sifatida faoliyat yuritmaydi.
  • Siz buyurtma qilgan yo‘lovchilar va bagaj yoki yuklarni tashish uchinchi tomon pudratchilari (keyingi o‘rinlarda “tashuvchilar” yoki “Servis hamkorlari”) tomonidan amalga oshiriladi, ushbu tashuvchilarning haydovchilari esa “YandexGo UB” MChJ xodimlari bo'lib hisoblanmaydi.
  • Tashish bo‘yicha shartnoma munosabatlari, tegishli majburiyatlar va javobgarlik bevosita siz bilan tashuvchi o‘rtasida yuzaga keladi; “YandexGo UB” MChJ bunday shartnomalarning tarafi bo'lib hisoblanmaydi.

2. Xizmatlar

2.1. Fasten xizmatlari Foydalanuvchiga Fasten mobil ilovasi, fasten.com veb -sayti yordamida Foydalanuvchining yo‘lovchilar va bagajni tashish xizmatlariga yoki avtomobil transportida yuklarni tashish xizmatlariga bo‘lgan potensial talabi to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish imkonini, shuningdek, ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning takliflari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish va Foydalanuvchi belgilagan parametrlar bo‘yicha bunday takliflarni qidirishga imkoniyat beradigan Servisga kirishni ta‘minlash orqali taqdim etiladi.

Elektron axborot tizimining hozirgi paytda mavjud barcha funksiyalari, shuningdek uni har qanday rivojlantirish va/yoki yangilarini qo‘shish ushbu Shartlarning mavzusi bo'lib hisoblanadi.

2.2. Litsenziya.

Fasten quyidagilarga bepul, cheklangan, maxsus emas, sublitsenziyalash mumkin bo‘lmagan, qaytarib olinadigan, o‘tkazib bo‘lmaydigan litsenziyani beradi:

(i) Fasten ilovasiga Foydalanuvchining shaxsiy qurilmasidan faqat Xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq ravishda fasten.com veb-saytiga, ularning mazmuniga, mahsulotlari va xizmatlariga kirish; va

(ii) Xizmatlarni ko‘rsatish orqali taqdim etilishi mumkin bo‘lgan har qanday mazmun, axborot va aloqador materiallardan, har bir holatda faqat Foydalanuvchining shaxsiy, notijorat maqsadlarida foydalanish. Bu hujjatda ochiqdan-ochiq taqdim etilmagan huquqlar Fasten va uning litsenziarlariga tegishli bo‘ladi.

Foydalanuvchi hududi bilan bog‘liq ravishda, Servisning barcha yoki ba’zi funksiyalari mavjud bo‘lmasligi yoki cheklangan boʻlishi mumkin. Muayyan hududdagi Foydalanuvchi uchun funksiyalar, agar bunday Foydalanuvchi ulardan ochiqdan-ochiq foydalana olmasa mavjud emas (cheklangan) deb hisoblanadi. Ushbu cheklovlarni chetlab o‘tish uchun har qanday texnik yoki dasturiy uslublardan foydalanish taqiqlangan. Ushbu Shartlarning Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lmagan (cheklangan) Servis funksiyalarini tartibga soladigan qoidalari, bunday funksiyalar Foydalanuvchi uchun ochiqdan-ochiq mavjud bo‘lguncha qo‘llanilmaydi.

Fasten Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalangan holda Servisga (yoki texnologik jihatdan iloji bo‘lsa, Servisning ayrim funksiyalariga) kirishini o‘z ixtiyoriga ko‘ra cheklash yoki ushbu Shartlar qayta-qayta buzilgan taqdirda Foydalanuvchining Qayd yozuvini butunlay bloklash, yoki qonun hujjatlarining talablariga yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

2.3. Foydalanuvchi qayd yozuvlari.

Xizmatlarga kirish huquqini olish uchun Foydalanuvchi Qayd yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazishi va/yoki unga kirishi kerak. Qayd yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazishda Foydalanuvchi Fasten ga mobil telefon raqamini taqdim etadi. Ilovaning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun amaldagi to‘lov usullaridan biri: bank kartasi yoki avtorlashtirilgan to‘lov servisining ma’lumotlarini ko‘rsatish talab etiladi. Safarlar to‘g‘risida elektron kvitansiyalar va kartalar chekini olish uchun ham elektron pochta manzilini ko‘rsatish talab etiladi. Siz qayd yozuvingiz axborotining to‘g‘ri, to‘liq va dolzarbligini ta’minlashga rozilik bildirasiz. Agar siz Qayd yozuvingiz axborotining to‘g‘ri, to‘liq va dolzarbligini, shu jumladan amaldagi to‘lov usulining bo‘lishini ta’minlaydigan ahvolda bo‘lmasangiz, bu Xizmatlarga kirish huquqini ola olmasligingizga olib kelishi mumkin. Qayd yozuvingizdan amalga oshiriladigan barcha harakatlar uchun siz javobgar bo‘lasiz. Agar Fasten tomonidan yozma ravishda boshqacha ruxsat berilmagan bo‘lsa, siz faqat bitta Qayd yozuviga ega bo‘lishingiz mumkin.

2.4. Matnli xabarlar.

Qayd yozuvini yaratish orqali siz Xizmatlardan foydalanganda odatdagi ishbilarmonlik faoliyatining bir qismi bo‘lib hisoblanadigan matnli xabarlarni (sms/email) olishga rozilik bildirasiz. Siz qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, bundan buyon bunday xabarlarni olishni xohlamasligingizni, shuningdek (agar qo‘llaniladigan bo‘lsa) xabarlar kelayotgan mobil qurilmaning telefon raqamini ko‘rsatish orqali bunday xabarlarni olishdan voz kechishingiz mumkin. Siz SMS/email xabarlarini olishdan voz kechish Xizmatlarga kirish huquqini ola olmasligingizga olib kelishi mumkinligini tan olasiz.

2.5. Servis tashuvchi tashuvchilarning xizmatlariga buyurtma berishning umumiy tamoyillari

Elektron axborot tizimida mavjud bo‘lgan yo‘lovchilar va bagaj yoki yuklarni avtomobil transportida tashish boʻyicha xizmatlar to‘g‘risida axborot Servisning hamkorlari tomonidan taqdim etilgan. Fasten tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning mazmuni va/yoki dolzarbligi, shu jumladan, ma‘lum bir tashuvchi xizmatlarining hozirgi paytda mavjudligi haqidagi axborot uchun javobgar bo‘lmaydi. Foydalanuvchining xizmatlarni sotib olish bo‘yicha tashuvchilar bilan o‘zaro aloqasi Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda (Fasten ishtirokisiz), shu jumladan Servisning funksionalligi (buyurtma bo‘yicha eslatmalar, ilova orqali qo‘ng‘iroqlar) vositalari bilan amalga oshiriladi.

“Fasten”, “Upper”, “Extra”, “Max” tarifi va Servisda taqdim etilgan boshqa tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar va bagajlarni tashish bo‘yicha xizmatlar turli toifadagi avtomobillarda taqdim etiladi. Fasten avtomobilni u yoki bu toifaga kiritishni Servis hamkorlari tomonidan taqdim etilgan avtomobilning tavsiflari haqidagi ma’lumotlar asosida mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlariga yoki boshqa transport xizmatlariga bo‘lgan talab ortadigan vaqt oraliqlarida (shu jumladan bayram oldi, ommaviy tadbirlar o’tkaziladigan kunlar va boshqa hollarda) tashuvchilarning tariflari oshirilishi mumkin (“Tig‘izlik soatlari”). Tariflarning oshgani haqida Fasten Ilovada tegishli bildirishnomani joylashtirish yo‘li yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqa usullar bilan, shu jumladan Foydalanuvchining mobil telefon raqamiga axborot xabarini yuborish orqali xabar beradi.

2.6. Pulli yetkazib berish

2.6.1. Servisning hamkori Foydalanuvchining safar qilish/xizmat ko‘rsatilishidan voz kechgani uchun, agar bunday voz kechish avtomobil Foydalanuvchi belgilagan joyga yetkazib berilganidan/yetib kelganidan keyin sodir bo‘lsa, haq undiradi. Bunday to‘lov miqdori avtomobil yetkazib berish joyiga haqiqatda yetkazib berilgan paytdan boshlab yoki Foydalanuvchi buyurtma bergan tashish va /yoki boshqa xizmatga, shu jumladan jismoniy shaxslarning yuklarini avtomobil transporti bilan tashish xizmatiga nisbatan Servis hamkoridan Foydalanuvchiga taqdim etilgan axborotda ko‘rsatilgan yetkazib berish paytidan boshlab (qaysi biri kechroq yuz berganiga qarab), Foydalanuvchi safar qilishdan/ xizmat ko‘rsatilishidan voz kechgan paytgacha o‘tgan vaqt uchun tarif bo‘yicha safar/ xizmat narxiga o‘xshash tarzda hisoblanadi. Foydalanuvchi Servis orqali Servis hamkoriga tegishli bildirishnomani yuborish yo‘li bilan safar qilishdan /xizmatlardan voz kechadi. Servis hamkori tomonidan yetkazib berilgan avtomobilda safarga chiqmagan yoki tegishli tarifda ko‘rsatilgan bepul kutish vaqtini inobatga olgan holda 10 (o‘n) daqiqa ichida yetib kelgan haydovchiga yukni topshirmagan foydalanuvchi, agar Servisning tegishli hamkorining qoidalarida yoki Foydalanuvchi bilan Servis hamkorining vakili (haydovchisi) o‘rtasidagi kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, safardan/ xizmatdan voz kechgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchining aeroportdan safar qilishdan voz kechgani uchun to‘lov yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan, avtomobilni shahar tashqarisiga yetkazib berish uchun tarifga ko‘ra qo‘shimcha haq undirilgan holda hisoblanadi.

2.6.2. Foydalanuvchining qayerda bo‘lishi va tegishli tumanda mavjud transport vositalarining borligi bilan bog‘liq ravishda, Foydalanuvchiga qo‘shimcha haq evaziga(“pulli yetkazib berish”) uzoqroq joydan transport vositasidan foydalangan holda tashish xizmatiga buyurtma berish taklif qilinishi mumkin. Bunday pulli yetkazib berish narxi (1) tegishli transport vositasi va Foydalanuvchi joylashgan yer o‘rtasidagi masofa va (2) bunday transport vositasining ushbu masofani bosib o‘tishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra mobil ilovadagi yoki So‘rov joylashtirilayotgan saytda tegishli tugmani bosib pulli yetkazib berish taklifini qabul qilishi yoki rad etishi mumkin.

Agar Foydalanuvchi pulli yetkazib berish taklifini qabul qilsa, tashish bo‘yicha xizmat narxi pulli yetkazib berish narxini inobatga olgan holda shakllantiriladi. Foydalanuvchining, pulli yetkazib berishni o‘z ichiga oluvchi So‘rovi, Servis hamkori tomonidan qabul qilingandan so‘ng, Foydalanuvchiga safarni bepul bekor qilish muddati beriladi (bepul bekor qilish muddati). Bepul bekor qilish muddatining davomiyligi har bir aniq So‘rov uchun hisoblab chiqiladi va mobil ilovada yoki So‘rov joylashtiriladigan saytda Foydalanuvchining e‘tiboriga yetkaziladi. Agar foydalanuvchi bepul bekor qilish muddati tugagandan so‘ng (kechiktirilgan bekor qilish) safarni bekor qilsa, Foydalanuvchidan pulli yetkazib berishning to‘liq qiymatiga teng summa undiriladi.

Kechiktirilgan bekor qilish holatida, pulli yetkazib berish qiymatiga teng summa Servis hamkoriga Foydalanuvchi tomonidan tashish uchun joylashtirilgan So‘rovning bajarilishini ta‘minlaydigan to‘lov sifatida o‘tkazib beriladi.

2.7. Axborotni qayta ishlash

Fasten statistik maqsadlarda, xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun Xizmatlarni ko‘rsatishning turli jihatlari bo‘yicha Foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini to‘plash, shuningdek, olingan ma’lumotlardan Servisning ishlashi uchun shaxssizlantirilgan turda foydalanishga haqli. Foydalanuvchilarni so‘rovnomadan o‘tkazish Ilovada axborot xabarini yuborish yoki Foydalanuvchi tomonidan Qayd yozuvida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari bo‘yicha aloqaga chiqish yo‘li bilan (telefon qo‘ng‘iroqlari yoki elektron xatlar orqali) amalga oshirilishi mumkin.

2.8. Servisdan foydalanar ekan, Foydalanuvchi reklama xususiyatidagi xabarlarini olishga o‘z roziligini beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksionalidan foydalangan holda yoki olingan reklama xususiyatidagi xabarda ko‘rsatilgan yo'riqnomalarga rioya qilgan holda reklama xususiyatidagi xabarlarini olishdan voz kechishga haqli.

2.9. Foydalanuvchining qo‘llab-quvvatlash xizmatining mutaxassislari bilan, shuningdek, tashuvchilarning haydovchilar bilan barcha suhbatlari sifat nazorati va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yozib olinishi mumkin.

2.10. Shaxsiy ma’lumotlar.

Foydalanuvchi Fasten tomonidan Foydalanuvchining yoki Foydalanuvchi Servis orqali yo‘lovchilar va bagajlarni tashish yoki yuklarni tashish xizmatlariga potensial talabi to‘g‘risidagi axborotni joylashtiradigan shaxsning shaxsiy ma’lumotlari qayta ishlanishiga, bunday shaxsiy ma’lumotlarning o‘tkazilishiga va “YandexGo UB” MChJ bilan bitta shaxslar guruhiga kiruvchi kompaniyalar, shuningdek tashuvchilar tomonidan Foydalanuvchiga yoki Foydalanuvchi ko‘rsatgan shaxsga tashuvchilarning xizmatlari ko‘rsatilishi uchun qayta ishlanishiga rozilik beradi. Foydalanuvchi yuk tashish xizmatlariga o‘z buyurtmasida aloqa o‘rnatiladigan shaxs (jo‘natuvchi yoki oluvchi) sifatida ko‘rsatgan shaxsning ham shaxsiy ma’lumotlarining xuddi shunday qayta ishlanishiga roziligini olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Foydalanuvchi ushbu bandda ko‘rsatilgan maqsadlarda Servis orqali yo‘lovchilar va bagajlarni tashish yoki yuklarni tashish xizmatlariga potensial talabi to‘g‘risidagi axborotni joylashtiradigan shaxsning shaxsiy axborotini taqdim etishga vakolatli ekanligini kafolatlaydi.

2.11. Promokodlar.

Fasten o‘z ixtiyoriga ko‘ra, tashuvchilarning xizmatlariga chegirmalar olish, boshqa funksiyalarni ta’minlash yoki Xizmatlar va/yoki uchinchi tomon yetkazib beruvchilarining xizmatlari bilan bog‘liq har qanday foydani taqdim etish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan promo-kodlarni, Fasten kompaniyasi promokodlarga (“Promokodlar”) nisbatan belgilaydigan har qanday qo‘shimcha shartlarga binoan yaratishi mumkin. Siz promokodlarga nisbatan quyidagilarga rozilik berasiz: (i) maqsadli auditoriya uchun va munosib maqsadlar uchun qonuniy tarzda ishlatilishi kerak; (ii) agar Fasten kompaniyasi tomonidan ochiqdan-ochiq ruxsat berilmagan bo‘lsa, nusxa ko‘chirilishi, sotilishi yoki biron-bir tarzda o‘tkazilishi mumkin emas yoki ular keng omma uchun mavjud bo‘lib qolmasligi (ommaviy platformada joylashtirish yoki boshqa yo‘l bilan) kerak; (iii) Fasten tomonidan istalgan vaqtda istalgan sababga ko‘ra Fasten kompaniyasining majburiyati paydo bo‘lmaydigan tarzda bekor qilinishi mumkin; (iv) faqat Fasten bunday Promokod uchun o‘rnatadigan ma’lum shartlarga muvofiq foydalanilishi mumkin; (v) naqd pulga almashtirish mumkin emas; va (vi) ularning amal qilish muddati ulardan foydalanguncha tugashi mumkin.

2.12. Mintaqaga qarab, safar davomida yo‘lovchilar va haydovchilar uchun qo‘shimcha sug‘urta amal qiladi. Qo‘shimcha sug‘urta haqida batafsil ma‘lumotni fasten.by saytidan topishingiz mumkin.

3. Tashuvchilarning xizmatlari uchun to‘lov

3.1. Xizmatlardan foydalanishni boshlar ekansiz Xizmatlardan foydalanish siz buyurtma bergan tashuvchi xizmatlari uchun haq to‘lash majburiyatini tug‘dirishini tushunasiz va bunga rozilik berasiz.

3.2. Tashuvchilarning Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalangan holda tegishli xizmatga potensial talab to‘g‘risida joylashtirilgan axborotga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlari uchun to‘lov Foydalanuvchi tomonidan quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

3.2.1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashuvchiga (shu jumladan naqd pul yoki agar mavjud bo‘lsa, tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan boshqa usullar bilan, bundan keyin ushbu Shartlarning matnida va Servis interfeysida – “naqd pul” ). Ushbu to‘lov turi Fasten ishtirokisiz amalga oshiriladi va ushbu Shartlar bilan tartibga solinmaydi.

3.2.2. Foydalanuvchi Ulangan bank kartasidan naqd pulsiz to‘lov funksiyasidan foydalanishi mumkin; bunday holda, Fasten kompaniyasi tegishli Servis hamkorining topshirig‘i bo‘yicha yoki boshqa asosda to‘lovlarni qabul qilish operatorini yoki elektron pul mablag‘lari operatorini yoki hisob-kitob operatsiyalari bilan yoki o‘zaro axborot aloqasi (shu jumladan banklar) bilan shug‘ullanuvchi boshqa tomonni jalb qilgan holda ish yuritadi va agent sifatida yoki boshqa maqomda to‘lovni oluvchi (keyingi o‘rinlarda –“Naqd pulsiz to‘lov”) bo‘lib hisoblanadi. Fasten naqd pulsiz to‘lov imkoniyatlarini taqdim etishga nisbatan Servisning ishlashida xatolar va to‘xtab qolishlar bo‘lmasligini kafolatlamaydi.

3.3. Naqd pulsiz to‘lovlar to‘lov tizimlari, banklar (shu jumladan Ulangan kartani chiqargan emitent bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilarining qoidalari bilan tartibga solinadi.

3.4. Ulangan bank kartasi Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida ko‘rsatilishi mumkin, uni ulashda Foydalanuvchi quyidagi axborotni ko‘rsatadi:

  • Bank kartasining raqami
  • Amal qilish muddati
  • Himoya kodi

3.5. Ulangan kartani qo‘shganda, Ulangan karta ma’lumotlarining haqiqiyligini tasdiqlash uchun 1000 O‘zbek so‘migacha bo‘lgan miqdor bloklanadi; muvaffaqiyatli ulangan taqdirda, ko‘rsatilgan miqdor Foydalanuvchiga qaytariladi. To‘lovni amalga oshirishning muvaffaqiyatsiz urinishi bu Ulangan kartani qo‘shib bo‘lmasligini va/yoki tegishli ravishda naqd pulsiz to‘lov funksiyasi mavjud emasligini bildiradi.

Agar ma’lumotlar to‘g‘ri, haqiqiy bo‘lsa va Servis doirasida kartadan foydalanish texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, ko‘rsatilgan bank kartasi Ulangan maqomini oladi va naqd pulsiz to‘lovlar uchun ishlatilishi mumkin bo‘ladi. Barcha Ulangan kartalar Servis interfeysida ko‘rsatiladi; qonun hujjatlarining talablarga muvofiq Ulangan kartaga nisbatan, uning raqamining oxirgi 4 ta soni ko‘rsatiladi.

3.6. Foydalanuvchi bank kartasi ulangan Qayd yozuvini himoya qilish, uchinchi shaxslarning Foydalanuvchining Qayd yozuviga kirishiga va Foydalanuvchi nomidan ruxsatsiz to‘lovlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarlicha choralarni ko‘rishi shart;

Foydalanuvchi bank kartasi ma’lumotlarini himoya qilish, uchinchi shaxslarning Foydalanuvchi nomidan to‘lovlarni amalga oshirish uchun kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarlicha choralarni ko‘rishi shart.

3.7. Yo‘lovchilar va bagajni tashish bo‘yicha xizmat va/yoki boshqa xizmatlar narxiga avtomobil transportini pulli yetkazib berish kiritilgan hollarda, Foydalanuvchi faqat Ulangan bank kartasidan naqd pulsiz to‘lov funksiyasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

3.8. Tegishli to‘lov shaklini tanlash Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida amalga oshiriladi. Bunda, agar biron-bir sababga ko‘ra naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirishning iloji bo‘lmasa (shu jumladan, lekin faqat ular bilan cheklanmasdan ushbu funksiyaning vaqtincha texnik mavjud emasligi, Ulangan kartadan foydalangan holda naqd pulsiz to‘lovni vaqtincha yoki doimiy ravishda amalga oshirishning ilojsizligi, mablag‘larning yetarli emasligi), Foydalanuvchi tashuvchining xizmatlari haqini naqd pul bilan to‘lash, agar mablag‘larni Ulangan karta hisobidan chiqarishning ilojsizligi tashish tamomlangandan keyin aniqlansa –Ulangan kartada tashuvchining xizmatlari haqini to‘lash bo‘yicha qarzni imkon qadar qisqa vaqt ichida, lekin har qanday holatda ham tashuvchining tegishli xizmati ko‘rsatilgan paytdan boshlab 30 kalendar kundan kechiktirmay to‘lashi uchun yetarli summada pul mablag‘lar bo‘lishini ta’minlash majburiyatini oladi.

3.9. Naqd pulsiz to‘lovda tashuvchi xizmatining to‘liq narxiga teng bitta tranzaksiya yoki xizmat narxining alohida qismlari bo‘yicha bir nechta tranzaksiyalarni amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, naqd pulsiz to‘lov safar/xizmatni ko‘rsatish vaqtida yoki u tamomlangandan keyin ko‘rsatilgan usullarning istalgan biri bilan amalga oshirilishi mumkin.

3.10. Naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirayotganda, yo‘lovchilar va bagaj yoki yuklarni tashish bo‘yicha xizmat haqini to‘lash bilan bir qatorda, Foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tashuvchining foydasiga qo‘shimcha naqd pulsiz to‘lovni ham amalga oshirish imkoniyatiga ega (keyingi o‘rinlarda ushbu Shartlarning matnida va Servis interfeysida – “Choy puli”).

Foydalanuvchi Servis interfeysi orqali sukut bo‘yicha Choy pulining miqdorini o‘rnatish va/yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega; ma‘lum bir safar uchun Choy pulining miqdori Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida ushbu safar tugagandan so‘ng o‘zgartirilishi mumkin.

Agar foydalanuvchi safar/xizmatni ko‘rsatish tamomlangandan keyin 30 daqiqa ichida Servis interfeysida safarga ijobiy baho (4-5 yulduz) bersa va “Bajarildi” tugmasini bosgan bo‘lsa yoki safar/xizmatga ijobiy ham salbiy ham baho ham bermasa (yulduzlar sonini ko‘rsatmasa) va "Bajarildi" tugmasini bosgan bo‘lsa, Choy puli (sukut bo‘yicha miqdorda yoki Foydalanuvchi tomonidan ma‘lum bir safar uchun maxsus belgilangan miqdorda) Ulangan kartadan yechib olinadi.

Agar foydalanuvchi safar/xizmatni ko‘rsatish tamomlangandan keyin 30 daqiqa ichida Servis interfeysida safarga salbiy baho (1-3 yulduz) bersa va “Bajarildi” tugmasini bosgan bo‘lsa, Ulangan kartadan Choy puli yechib olinmaydi.

Agar foydalanuvchi safar/xizmatni ko‘rsatish tamomlangandan keyin 30 daqiqa ichida “Bajarildi” tugmasini bosmasa, Choy pulining summasi (sukut bo‘yicha miqdorda yoki Foydalanuvchi tomonidan ma‘lum bir safar/xizmat uchun maxsus belgilangan miqdorda) Ulangan kartada 24 soat davomida bloklangan holda bo‘ladi, bu vaqt davomida Foydalanuvchi mazkur safar/xizmat uchun Choy puli miqdorin oshirishi yoki kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan keyin Choy puli Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan (sukut bo‘yicha yoki ushbu aniq safar/xizmat uchun) miqdorda hisobdan chiqariladi.

3.11. Foydalanuvchi o‘zining tasdiqlangan mobil telefon raqamidan foydalangan holda Servis doirasida amalga oshirilgan barcha, shu jumladan Ulangan bank kartasidan foydalangan holda naqd pulsiz to‘lovlar bo‘yicha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanishini tushunadi va bunga rozi bo‘ladi.

3.12. Agar Foydalanuvchi naqd pulsiz to‘lov fakti va/yoki summasi va Servis doirasida Ulangan kartadan foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalarga rozi bo‘lmasa, Foydalanuvchi mobil ilova yoki sayt orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish huquqiga ega.

3.13. Agar bunday murojaatni tekshirish natijalari bo‘yicha Fasten naqd pulsiz to‘lov summasini to‘liq yoki qisman qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, ko‘rsatilgan pul mablag‘lari naqd pulsiz to‘lov amalga oshirilgan bank kartasining bank hisob raqamiga qaytariladi. Pul mablag‘larini qaytarish tartibi to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli operator yoki elektron pul mablag‘lari operatori yoxud hisob-kitoblar, axborot va texnologik o‘zaro aloqaning boshqa ishtirokchilarining ishtirokida amalga oshiriladi va to‘lov tizimlarining qoidalari bilan tartibga solinadi.

3.14. Fasten istalgan vaqtda Foydalanuvchidan Servis doirasida o‘zi ko‘rsatgan ma’lumotlarni, shu jumladan Ulangan karta ma’lumotlarini tasdiqlashni talab qilish va bu bilan bog‘liq ravishda taqdim etilmagan holda Fastenning ixtiyoriga ko‘ra noto‘g‘ri axborotni taqdim etishga tenglashtirilishi va Foydalanuvchining Servisga (yoki texnologik jihatdan mumkin bo‘lsa, Servisning ba‘zi funksiyalariga) kirishini cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni) talab etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4. Huquqiy qo‘shimcha shartlar

4.1 . Tarmoqqa kirish va qurilmalar.

Siz Xizmatlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga kira olish uchun javobgar bo‘lasiz. Xizmatlarga simsiz qurilma orqali kirish huquqini olganda yoki Xizmatlardan foydalanganda, mobil aloqa tarmog‘ingizning sms va ma’lumotlarni uzatish tariflari qo‘llanilishi mumkin, bunda siz bunday tariflar haqini to‘lash uchun javobgar bo‘lasiz. Siz Xizmatlar va Ilovalarga kirish va ulardan foydalanish hamda ularga har qanday yangilanishlarni olish uchun zarur bo‘lgan mos keladigan apparatura yoki qurilmalarni sotib olish va yangilash uchun javobgar bo‘lasiz. Fasten kompaniyasi Xizmatlar yoki ularning biron bir qismi qanday aniq bir apparatura yoki qurilmalarda ishlashiga kafolat bermaydi. Bundan tashqari, Xizmatlarga Internet tarmog‘i va elektron aloqa vositalarining ishi tufayli yuzaga kelgan to‘xtab qolishlar va kechikishlar ta‘sir qilishi mumkin.

4.2 . Javobgarlikning cheklanishi. Zararlarning o‘rnini qoplash.

Fasten quyidagilar oqibatida yuzaga keladigan har qanday zarar uchun javobgar bo’lmaydi: (i) Xizmatlarga ishonib bajargan xatti-harakatlarinigiz yoki Xizmatlarga kirish huquqini olish yoki ulardan foydalanish imkoniyatingiz yo‘qligi. Fasten Xizmatlarning taqdim etilishidagi kechikishlar yoki Fastenning oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan sabablarga ko‘ra Xizmatlarni taqdim eta olmaslik uchun javobgar bo‘lmaydi.

5 . Qo‘llaniladigan huquq

Ushbu shartlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ushbu Shartlar bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan har qanday nizolar, umumiy sudlovga taalluqlilik qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim bo‘ladi.

6 . Boshqa qoidalar

6.1. Foydalanuvchi cheklashlari.

Foydalanuvchilar quyidagilarga haqli emas: (i) Xizmatlarning istalgan qismidan mualliflik huquqi, savdo belgisi haqida har qanday eslatishlar yoki huquq egasining boshqa ko‘rsatmalarini o‘chirib tashlash; (ii) Xizmatlardan foydalanish huquqlarini o‘tkazish, Xizmatlarni oshkora namoyish etish, bajarish, o‘tkazish, efirga uzatish yoki boshqa yo‘l bilan foydalanish, Fasten tomonidan bevosita ruxsat berilgan hollar bundan mustasno; (iii) mahsulotlar va Xizmatlarda qo‘llaniladigan algoritmlarni amalga oshirish to‘g‘risida axborot olish maqsadida obyekt kodi va boshlang‘ich matnni o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, qismlarga ajratish, shifrini ochish va boshqa amallarni bajarish, mahsulot va xizmatlardan foydalanib hosila ishlar yaratish, shuningdek Xizmatlardan Fastenning yozma roziligisiz ushbu Shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilganidan tashqari o‘zgacha foydalanish (iv) Xizmatlarning har qanday qismiga oid ma’lumotlarni tozalash, indekslash, ko‘rib chiqish yoki to‘plashning boshqa usulini qo‘llash yoxud Xizmatlarning har qanday jihatining bajarilishi va/yoki funksionalligini noqonuniy ravishda qiyinlashtirish yoki ularga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday dasturlarni yoki skriptlarni chaqirish yoki ishga tushirish; yoki (v) Xizmatlarga ruxsatsiz kirishga urinish yoki Xizmatlarning yoki ular bilan bog‘liq tizimlar yoki tarmoqlarning har qanday jihatini buzish.

Foydalanuvchi Servis hamkorlarining xizmatlarini baholash, shuningdek Servis va/yoki Servis hamkorlarining xizmatlari haqida sharhlar/fikr-mulohazalar joylashtirish funksiyalaridan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchilarning baholari va fikr-mulohazalari Servis saytida joylashtiriladi, uchinchi shaxslarning saytlarida mavjud bo‘lishi mumkin yoki Servis hamkori yoki Servis hamkorining haydovchisiga taqdim etilishi, shuningdek, boshqa shakllarda, shu jumladan reklama materiallarida ham foydalanilishi va chop etilishi mumkin.

Foydalanuvchi tuhmat mazmunidagi, odobsiz, pornografiya, haqoratomuz yoki boshqa har qanday mezon bo‘yicha qonunga xilof bo‘lgan Foydalanuvchi kontentini taqdim etmasligi kerak. Fasten har qanday baho/fikr-mulohazani joylashtirishni rad etish, shuningdek, istalgan vaqtda o‘z ixtiyoriga ko‘ra va hech qanday sabab ko‘rsatmasdan Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan baho/fikr-mulohazani o‘chirish/bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan kontentning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi uchun, shu jumladan Foydalanuvchining muayyan kontentni joylashtirishi yoki kontentning mazmuni uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini, uchinchi shaxslarning boshqa intellektual huquqlarini buzgan hollarda va/yoki ularga tegishli nomoddiy ne‘matlarga tajovuz qilgan hollarda uchinchi shaxslar oldida foydalanuvchi javobgar bo‘ladi.

Foydalanuvchi Fastenga Foydalanuvchi kontentini joylashtirish yoki bunday kontent bilan uchinchi shaxslarning huquqlari, shu jumladan tashuvchilar va ularning vakillari huquqlari buzilgani natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.

6.2. Ayrim qoidalarning haqiqiy emasligi oqibatlari.

Agar ushbu Shartlarning biron bir qoidasi qonunga xilof yoki qonuniy kuchga ega emas deb topilsa, bunday shart yoki uning bir qismi ushbu Shartlarga kirmaydi deb hisoblanadi, qolgan qoidalarni esa taraflar qo‘llashni davom ettiradi.

6.3. Bildirishnomalar.

Fasten mobil ilova interfeysi, veb-sayt, qo‘llab-quvvatlash chati yoki Qayd yozuvida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali Foydalanuvchiga Xizmatlar haqida bildirishnomalar yuborishi mumkin. Foydalanuvchi mobil ilovaning tegishli bo‘limida yoki saytda foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali Fastenga bildirishnomalar yuborishi mumkin.