Toʻxtash joyi kiritish
Ishga ketayotganda farzandingizni maktabiga tashlab oʻtish yoki aeroportdan barcha do‘stlaringizni olib ketish kerak bo‘lganida bir nechta oraliq manzilli safar juda qoʻl keladi.
Toʻxtash joyi kiritish uchun yakuniy manzil kiritiladigan joyning oʻng tarafidagi belgisini bosing. 3 tagacha toʻxtash joyi kirita olasiz. Shu yerning oʻzida marshrutingizdagi toʻxtash joylari tartibini o‘zgartirishingiz mumkin.
Safarga buyurtma berilganidan keyin 3 yoki 4 ta manzilli marshrutni o‘zgartira olmaysiz. Boshqa barcha holatlarda safar davomida qo‘shimcha toʻxtash joylarini qo‘shish yoki o‘zgartirishingiz mumkin, faqat buning natijasida safarning dastlabki narxi o‘zgarishini unutmang.