Safar buyurtma qilish
- Chaqiruv manzilini kiriting. Chaqiruv manzilini kiriting. Manzil allaqachon kiritilgan boʻlsa, “Qayerga?” yozuvini bosing.
Boshqa manzilni tanlash uchun Manzilni oʻzgartirish ustiga bosing yoki xaritadagi markerni suring.
- Safar narxini oldindan bilish uchun yakuniy manzilni kiriting.
3 tagacha oraliq manzil kirita olasiz ( belgisini bosing). Ularni safar buyurtmasini tasdiqlashdan avval kiritish zarur.
- Xizmat tarifi va to‘lov usulini tanlang.
Safarga buyurtma berganingizdan keyin to‘lov usulini naqd puldan kartaga almashtirishingiz mumkin. Hisobingizga bir nechta karta ulangan bo‘lsa, istalganini tanlashingiz mumkin. Ekranning quyi qismidagi menyuni tepaga surib, to‘lov usulini o‘zgartiring.
- Safarga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishingiz mumkin.
Tasdiqlash tugmasini bosing.
Safardan soʻng haydovchini baholang. Haydovchining reytingi uning xizmatimizda ishlay olish imkoniyatini belgilaydi.
Avtomobil qidirilayotganida safar buyurtmasini bekor qilish uchun ekranning quyi qismidagi Safarni bekor qilish tugmasini bosing.
Avtomobil allaqachon tayinlangan bo‘lsa, avtomobil, haydovchi va safar haqidagi ma’lumotlar aks etgan pastdagi menyuni yuqoriga surib, Safarni bekor qilish tugmasini bosing.
Eʼtibor bering, Agar safarni avtomobil yetib kelganidan keyin bekor qilsangiz, sizdan toʻlov olinadi.