Karta qoʻshish yoki oʻchirish

iOS (8.0 yoki yangiroq versiya) yoki Android (4.0 yoki yangiroq) ilovasidan foydalanganda bank kartasi orqali toʻlov qilishingiz mumkin.

Karta qanday qoʻshiladi

Ilovada 5 tagacha bank kartasi qoʻshishingiz mumkin:

  1. Ilova menyusida  → Toʻlov usullari boʻlimiga kiring va Karta ulash (yoki Karta qoʻshish) tugmasini bosing.
  2. Karta raqami, amal qilish sanasi va CVV kodini kiriting. Bularni qoʻlda kiritishingiz yoki telefoningiz kamerasi bilan kartani skanerlash uchun tugmasini bosing.
  3. Karta ulash (yoki Karta qoʻshish) tugmasini qayta bosing

Karta tekshiruvi usuli karta turi, bank va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin:

  1. Kartangizda kichik miqdor zaxiraga olinadi. Zaxiraga olingan bu mablagʻ yechib olinmaydi va tasdilash yakunlangach qaytarib beriladi.
  2. Ilova kartangizda zaxiraga olingan aniq miqdorni kiritishni soʻraydi. Bu miqdorni sms xabarlardan (agar bankingiz tomonidan sms xabarnomalar yoqilgan boʻlsa) yoki onlayn bankdan balansingizni tekshirish orqali topishingiz mumkin.
  3. Shuningdek, bankingiz veb-saytida karta tasdiqlashning 3-D xavfsizligini ham bajarishingiz kerak. Tasdiqlash usuli bankka bogʻliq. Tasdiqlangandan keyin ilovaga qaytarilasiz.

Karta qanday oʻchiriladi

  1. Ilova menyusida  → Toʻlov usullari boʻlimiga kiring.
  2. Kartani tanlang va Kartani oʻchirish tugmasini bosing.

Bank kartasini himoya qilish