Haydovchiga choy puli berish
Bu funksiya faqat safar haqini bank kartasi bilan to‘laganingizda ishlaydi (promokodli safarlar bundan mustasno).
Safar maʼqul kelgan boʻlsa, haydovchiga choy puli qoldirishingiz mumkin
Barcha safarlar uchun standart choy puli miqdorini belgilash uchun ilova menyusiga kirib,
bandidan choy puli miqdorini sozlang.Choy puli miqdorini istalgan vaqt ilova menyusida yoki safar oxirida haydovchini baholayotganingizda oʻzgartirishingiz mumkin.
Safar yakunlanganidan keyin 30 daqiqa ichida haydovchiga ijobiy baho qoʻyib, (yoki umuman baholamasdan) Tayyor tugmasini bosgan boʻlsangiz, kartangizdan avtomatik ravishda choy puli yechib olinadi.
Safar yakunlanganidan keyin 30 daqiqa ichida haydovchiga salbiy baho qoʻyib, Tayyor tugmasini bossangiz, choy puli yechib olinmaydi.
Safardan keyin 30 daqiqa ichida Tayyor tugmasini bosmasangiz, choy puli kartangizda 24 soatga band qilinadi. Bu vaqt ichida ushbu safar uchun choy puli miqdorini o‘zgartirishingiz mumkin va 24 soatdan keyin u kartangizdan yechib olinadi.