Kartalaringiz himoyasi
Banklar karta egalarini firibgarlardan himoya qilish uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Quyidagilarga eʼtibor qilish orqali kartalaringiz himoyasini yanada oshirishingiz mumkin:
- Kartalaringizning PIN, CVV2 kodi, amal qilish muddati yoki registratsiya maʼlumotlarini hech qachon begonalarga bermang.
- Agar kartangiz yoʻqolsa yoki kimdir uning maʼlumotlarini bilishiga ishonsangiz, uni bloklash uchun tezda bankingizga murojaat qiling.
- Onlayn bank xizmatlariga begona kompyuter yoki xavfsiz boʻlmagan tarmoqlarda hech qachon kirmang. Agar kirsangiz, undan chiqib ketish va brauzer keshini tozalashni unutmang.